Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Sadir Japarovning bir necha ming tarafdorlari uning g‘alabasi sharafiga Bishkek markazidagi “Al-Too” maydonida tashkil etilgan bayram konsertiga yig‘ildilar.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra,  konsert sababli shaharning ayrim ko‘chalarida  transport harakati to‘sib qo‘yilgan.

Maydonda konsert boshlandi, mahalliy ijrochilar chiqish qilmoqda. Ishtirokchilarning aksariyati Japarovning o‘zi paydo bo‘lishini kutishmoqda, deyiladi xabarda.