O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.
Tashrifdan asosiy maqsad – islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilganini, odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish, navbatdagi rejalarni belgilash.
Safar davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, viloyat faollari, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish mo‘ljallangan.