Terma jamoamiz FIFA reytingida yuqoriladi

FIFA terma jamoalarning yangi reytingini eʼlon qildi. 
Unga koʻra, Belgiya terma jamoasi 1765 ochko jamgʻargan holda karvonboshilik qilayotgan boʻlsa, Fransiya va Braziliya termalari ikkinchi hamda uchinchi oʻrinda bormoqda.
Mazkur jadvalda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻtgan oyga nisbatan bir pogʻona yuqoriladi. Vadim Abramov shogirdlari sentyabr oyida 85-oʻrinda qayd etilgan edi. Bu oyda esa termamiz 1292 ochko bilan 84-pogʻonadan joy oldi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo reytingida 12-jamoa boʻlib turibdi. Jahon reytingida 27-oʻrinda qayd etilgan Yaponiya qitʼamiz terma jamoalari orasida peshqadamlik qilmoqda.

 

OʻzA