Ayollar va yoshlar muammolari oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan Ellikqalʼa tumanida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tuman Kengashi deputatlari, korxona, muassasa, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

photo_2020-10-18_17-43-18.jpg

Sayyor qabul davomida fuqarolardan asosan sogʻliqni saqlash, tijorat banklaridan kredit olish, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yoʻllarni taʼmirlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda kommunal xizmat masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, tumandagi “Saxtiyon” shaharcha fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Ikram Yuldashev elektr taʼminoti, “Aqchakoʻl” ovulidan Jahongir Rustamov oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashish, tuman markazidan Donaxon Qurbanova tijorat bankidan kredit olish, Zulfiya Yusupova davolanish, “Amirobod” ovulidan Muqaddas Sultanboyeva savdo dukoni uchun yer oʻrni ajratish masalasida yordam soʻrab murojaat qildilar. Qabulda 21 ta masala boʻyicha murojaat joyida hal qilindi. Yechimi maʼlum vaqt talab etiladigan 18 ta murojaat boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berilib, ijrosi Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi.

Sayyor qabuldan soʻng tuman hokimi Seydamat Avezov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Halq qabulxonasi vakillari bir qator tadbirkorlik subyektlarida boʻlib, ulardagi bandlik masalasi bilan tanishdi.

photo_2020-10-18_17-43-15.jpg

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj yoshlar, “Temir daftar” ruyxatidagi oila farzandlari xonadonlariga tashrif buyurdi va ularning murojaatlarini tinglandi. Ularning yechimi buyicha maʼsullarga topshiriqlar berildi va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Bundan soʻng tumandagi “Boʻston Mega tekstil”, “Boʻston Optimal tekstil” korxonalarida, “Eksim gold” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxonada, “Yoshlar mehnat goʻzari”ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bandligi taʼminlangan yoshlar bilan muloqatda boʻlib, ularning muammolari yechishimiga amaliy yordam qilinadigan boʻldi.

photo_2020-10-18_17-43-22.jpg

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA