Chimboy tumanida ishsiz fuqarolar uchun 3 ta kooperativ tashkil etildi

Qoraqalpogʻistonning Chimboy tumanida Xitoy tajribasidan kelib chiqqan holda temir daftarga kiritilgan ishsiz va mehnat migratsiyasidan qaytgan 130 nafar fuqaroni jalb qilgan holda 48 gektar maydonda meva-sabzavotlarni ishlab chiqarish yoʻnalishida 3 ta kooperativ tashkil etildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, aholining bandligini taʼminlash masalasi boʻyicha hududga tashrif buyurgan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari N.Yakubov tumandagi 9 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlari aholisi bilan uchrashuv oʻtkazgan.
“Qara kol” mahalla fuqarolar yigʻinida hunarmandlar bilan uchrashib, oʻtov ishlab chiqarish, milliy liboslar va bezaklar tikish yoʻnalishi boʻyicha 50 ta ishsiz va kam taʼminlangan fuqarolarni jalb qilgan holda kooperativ tashkil etishni muhokama qilgan.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA