BAA aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshiradi

Transport vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari oʻrtasida imzolangan Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “AIR ARABIA Abu-Dabi LLC” kompaniyasiga Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020-yil 9-sentyabrda Foydalanish ruxsatnomasi berildi.

Aviakompaniya mazkur yoʻnalishda Oʻzbekistonga parvozlarni Airbus-320-214 havo kemalarida amalga oshirishini maʼlum qildi.

 

OʻzA