Burunni tuzli eritma bilan muntazam yuvish koronavirusdan himoya qiladimi?

Koronavirus infeksiyasidan saqlanish uchun muntazam burunni tuzli eritma bilan chayib turish mumkinmi? Ushbu usul virusdan himoyalanishga yordam beradimi?
Ushbu savolga koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:
– Yoʻq. Ushbu kunga qadar burunni tuzli eritma yoki shoʻr suv bilan muntazam yuvib turish koronavirus infeksiyasidan himoya qilishga yordam berishi boʻyicha ilmiy dalillar yoʻq. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, burunni shoʻr suv bilan muntazam chayib turish oddiy shamollashda tuzalish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Biroq, burunni muntazam shu tarzda yuvib turish nafas olish yoʻllari infeksiyasining oldini olishda samarali ekanligi isbotlanmagan.

 

O’zA