Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining maʼlum qilishicha, saylovlarda jami 79 ming 167 nafar saylovchi rӱyxatga olingan. Shundan 59 ming 540 nafari yaʼni 75,1 foizi ovoz berishga ishtirok etgan.
Nukus shahri boʻyicha 4-sonli “Yernazar Alakoʻz” saylov okrugidan “Adolat” sotsial-dekmokratik partiyasidan Gulxatcha Ayimbetova, Ellikqalʼa tumani boʻyicha 20-sonli “Sarabiy” saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmanlar harakati Ӯzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Bayrambay Otemuratov, Beruniy tumani boʻyicha 25-sonli “Navbahor” saylov okrugidan Ӯzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Adilbek Reimboyev, Qoʻngʻirot tumani boʻyicha 49-sonli “Qoʻngʻirot” saylov okrugidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Paxratdin Aytjanov va Qoraoʻzak tumani boʻyicha 63-sonli “Qorakoʻl” saylov okrugida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi nomzodi Murat Kamalov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining deputati etib rӯyxatga olindi. Shuningdek, xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlariga saylov ӯtkazuvchi 9 ta saylov okrugida boʻshab qolgan oʻrinlarga eng munosiblar deputat bӯlib saylandi.
Taʼkidlash joizki, barcha saylov uchastkalarida saylovlar sanitariya-epidemiologik va tibbiy xavfsizlik talablariga toʻla amal qilgan holda ӯtkazildi.