Boʻzatovda chorvachilik rivojlanmoqda

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 7-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida Boʻzatov tumanida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, chorvachilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan loyiha tashabbuskorlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sohaga aholini keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

photo_2020-09-15_12-47-22.jpg
photo_2020-09-15_12-47-25.jpg

“Qushxonatov” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi “Boʻzatov Simmental” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 500 bosh qoramol boqishga moʻljallangan chorvachilik majmuasi barpo etilayotgani ham ushbu eʼtibor samaralaridandir. Mazkur loyihaning birinchi bosqichida “Xalq banki”ning 24 milliard soʻm kredit mablagʻi evaziga Avstriya davlatidan 300 bosh qoramol olib kelinadi. Keyingi bosqichda yana 200 bosh qoramol va Turkiyadan sutni qayta ishlaydigan uskunalar hamda Germaniya davlatidan qishloq xoʻjaligi texnikalari keltirilishi moʻljallangan.

Chorvachilik majmuasi toʻliq ishga tushgach, 30 nafarga yaqin kishining bandligi taʼminlanadi.

 

Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA