Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi farmoni asosida yangidan tashkil qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarma raisi lavozimiga senator Daniyarov Abatbay Saparbayevich tayinlandi.
Abatbay Daniyarov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosidir, u shu kunga qadar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi raisi oʻrinbosari lavozimiga Abdikalikov Ikram Yerejepbayevich tayinlandi.
Ye.Qanoatov, OʻzA