Oʻzbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova olamdan oʻtdi

Bugun Oʻzbekiston xalq artisti, kino va teatr aktrisasi Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etdi.
Maʼlumot uchun, Dilbar Ikromova “Kelinlar qoʻzgʻaloni”, “Chimildiq”, “Dev bilan pakana”, “Devona”, “Afgʻon”, “Oyqiz ertagi” kabi juda koʻplab filmlarda bir-biridan qiziqarli boʻlgan turli rollarni mahorat bilan ijro etgan.
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi jamoasi marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

 

OʻzA