Orolboʻyining barcha hududlarida boʻlgani kabi Boʻzatov tumanida ham keng koʻlamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bir qancha yangi inshootlar foydalanishga topshirilib, yana qator ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy obyektlarda qurilish va qayta taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.
Bunyodkorlarning gʻayrati sabab, shu kungacha binoda temir-beton oʻrnatish, gʻisht terish, issiqlik, elektro-montaj, ichimlik suv liniyalarini tortish va suvoq ishlari yakunlandi. Hozirda ichki devorlarga pardoz berish, eshik va deraza romlarini oʻrnatish, bino atrofini obodonlashtirish kabi yumushlar bajarilmoqda. Yangi bino tez kunlarda foydalanishga topshiriladi.
Maqsad HABIBULLAYEV olgan suratlar, OʻzA