Misr Arab Respublikasidagi «Dorul Ifto» fatvo hayʼati tomonidan hijriy 1441-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob boʻyicha 2020-yil 22-iyul kuniga toʻgʻri kelayotgani eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 2020-yil 30-iyul, arafa kuni Arafot togʻida jam boʻladilar.
2020-yil 31-iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni boʻlib, Islom olamidagi eng ulugʻ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni boʻladi, insha Alloh.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi