Sizning koronavirus kasalligiga chalinganingiz toʻgʻrisidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim.
Hayotingizdagi ushbu sinovli va murakkab paytlarda biz uchun hamisha cheksiz ehtiromga sazovor boʻlib kelgan Siz, aziz ogʻamni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligimni va yaqin koʻmakdosh ekanligimni yana bir bor chin qalbdan maʼlum etmoqchiman.
Hech shubhasiz, qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib oʻtib, shifo topishingizga va tuzalib ketishingizga ishonchim komildir.
Qadrli Nursulton Abishevich, Sizga, Qodir Allohdan mustahkam sihat-salomatlik, kuch-quvvat, uzoq umr va yangi zafarlar ato qilishini soʻrab qolaman.
Tez orada Siz bilan diydor koʻrishish baxtiga muyassarlik nasib etishiga umid qilaman.
Hurmat bilan,