Oʻzbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning joriy yil 10-iyundan amalda boʻladigan narxlarini belgiladi.
Unga koʻra:
1 ta oltin tanga narxi — 17 800 000 soʻmga tushgan, oʻtgan haftagi narx 18 100 000 soʻm edi.
1 ta kumush tanga narxi esa — 357 000 soʻmga boʻldi. Oʻtgan haftadagi narx 370 000 soʻmni tashkil etgan edi.
Maʼlumot uchun: esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
Esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.
OʻzA