Joriy yilda mamlakatimizdagi suv omborlarida o‘tgan yilga nisbatan ko‘p suv yig‘ilgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari bu holatdan xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi.
Dunyoda bir vaqtlar cho‘l bo‘lgan hududlarda yog‘ingarchilik ko‘payib, boshqa joylarda qurg‘oqchilik kengayib borayotgan sharoitda mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kanallarni betonlash bo‘yicha tanlangan yo‘l to‘g‘ri bo‘lgani ta’kidlandi.
Birgina 550 kilometr kanal va ariqlar betonlangani hisobiga 200 ming gektarda suv yaxshilandi, yiliga 450 million kub metr suv iqtisod bo‘layapti.
Suv boshqaruvi isloh qilinib, tuman darajasida suvni hisobga olish tizimi shakllandi, fermerlar suvni hisob-kitob qilishni o‘rgandi. Shaffof tizim tufayli bu yil yerga 2 karra ko‘p suv bordi, yana 6 milliard kub metr suv hisobi joy-joyiga qo‘yildi.
O‘zA