Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Har bir kanalga Irrigatsiya universiteti, Suv muammolari ilmiy instituti, 9 ta texnikumni “dual ta’lim” asosida biriktirish muhimligi ta’kidladi.

Ular loyihadan betonlash tugaguncha bo‘lgan barcha jarayonlarni ilmiy yondashuv asosida kuzatib, tavsiya va xulosasini beradi.

Kanallarni betonlash hisobiga suv oqimi tezlashadi. Bu – kichik GESlar qurib, elektr olish uchun katta imkoniyat.

Masalan, Navoiy viloyati kanallarida 11 megavattli 148 ta mikro GES qurish boshlandi. Bunda mahalliy komponent yuqori bo‘lgan, Navoiyni o‘zida ishlab chiqarilayotgan uskunalardan foydalanilmoqda.

Umuman, respublikada 2 mingta mana shunday mikro GES qurib, yiliga qo‘shimcha 600 million kilovatt elektr olish mumkinligi ta’kidlandi.

Viloyat hokimlari oldiga Navoiy misolida o‘z hududlarining sanoat salohiyatini ishga solib, mahalliy komponenti yuqori bo‘lgan shunday mikro GESlarni loyihalashtirish va barpo etish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA