Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda sohada hali qilinadigan ishlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.
Klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika bo‘yicha o‘rtacha 212 so‘m xarajat qilinayapti. Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida bu ko‘rsatkich 2-3 barobar yuqori.
Oxirgi yillarda 1 milliard dollar hisobiga Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalar modernizatsiya qilindi.
Lekin, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryoda o‘rta va mayda eskirgan nasoslar yangilanmagani uchun suv tannarxi oshib ketmoqda.
Betonlash hisobiga yo‘qotish 10-15 foizga kamaygan bo‘lsa-da, 20 ta tumanda yo‘qotishlar respublikada eng yuqori.
O‘zA