Fermer xo‘jaliklarida 1 ming 700 ta nasos yiliga 1 milliard kilovatt elektr sarflaydi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. 

Ularga elektr xarajati uchun bu yilgi byudjetda 170 milliard so‘m subsidiya reja qilingan edi. Kelgusi yil bunga yana 250 milliard so‘m ajratilmoqda.

Masalan, xorazmlik 92 nafar dehqon zamonaviy nasos o‘rnatib, elektrni 20 foiz tejayapti. Quyosh paneli o‘rnatish hisobiga ehtiyojidan ortgan elektrni davlatga sotib, oyiga qo‘shimcha 7-8 million so‘m daromad olayapti.

Xorazm tajribasini kengaytirish maqsadida elektr xarajati uchun subsidiyani nasoslarni yangilash va quyosh panellari o‘rnatishga bog‘lash kerakligi qayd etildi.

Ushbu tajriba asosida har yili 1000 tadan fermerni yangi tizimga o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zA