Samimiy qutlovlar

Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Ularda Prezidentimizga sogʻlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Turkiya Respubliksi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan
Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Quvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said
Iordaniya Podshohi Abdulla II
Yaman Respublikasi Prezidenti Mansur Hodiy
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bagʻdat Amreyev.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

 

O’zA