Shimoliy va Janubiy Amerika koronavirusga chalinish boʻyicha Yevropani ortda qoldirdi

Dunyo boʻyicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4,17 milliondan oshdi, 287 mingdan ziyod kishi ofat qurboni boʻldi. Kasallikka chalinganlar soni boʻyicha Shimoliy va Janubiy Amerika Yevropadan oldinga oʻtib oldi, deb xabar beradi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST).
Tashkilot tarqatgan maʼlumotda qayd etilishicha, bir sutkada dunyo boʻyicha koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 81 ming 577 holat aniqlangan, 4 ming 245 bemor hayotdan koʻz yumgan. Hozirgacha dunyo boʻyicha COVID-19 aniqlangan kishilar soni 4 million 170 ming 424 kishiga yetdi.
Shimoliy va Janubiy Amerikada 1 million 781 ming 564 kishi koronavirusga chalingan boʻlsa, Yevropada bu koʻrsatkich 1 million 780 ming 316 kishini tashkil etgan.

 

OʻzA