“Frontiers in Public Health” jurnalida chop etilgan tadqiod natijalari guvohlik berishicha, koronavirus rivojlanishi odamdagi immun tizimining zararlanish jarayonidagi kuchli qoʻzgʻalish xususiyati bilan bogʻliq ekan.
Xitoy olimlarining taxminlariga qaraganda, kasallanish chogʻida oqsillardan biri alveolyar epiteliya hujayralariga oʻrnashib oladi va sitokin shtormi, yaʼni yalligʻlanish oʻchogʻidagi immun hujayralarining nazorat qilib boʻlmaydigan darajadagi faollashuvini keltirib chiqaradi. Ogʻir vaziyatlarda bunday qoʻzgʻalish oʻpkani ishdan chiqarishi va aʼzolarning shikastlanishiga olib keluvchi septik shok holatini yuzaga keltirishi mumkin.
Izlanuvchilar misol keltirib tayangan statistikaga koʻra, “COVID-19”ga duchor boʻlgan ogʻir ahvoldagi bemorlarning 67,3 foizida oʻtkir respirator distress-sindromi rivojlanadi, 29 foizida buyrak yoki jigarning, 23,1 foizida esa yurakning jiddiy shikastlanishi qayd etiladi.
OʻzA