O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida O‘zbekistonda yangi dastur va rejalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

“Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Mahallalar, ko‘chalar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 114 mingdan ortiq videokuzatuv vositasi o‘rnatildi. Ularning yordamida 10 mingga yaqin jinoyat fosh etildi”, dedi davlatimiz rahbari.

 

O‘zA