O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida sud-tergov jarayonida dalillarni soxtalashtirganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy qilinishini ta’kidladi. 

Endilikda advokatlar jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Bu dalillar tergov va sud idoralari tomonidan majburiy tekshirilishi va baholanishi kerak.

“Qiynoqqa solish kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni qat’iyan cheklash maqsadida tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi”, dedi Prezidentimiz.

 

O‘zA