Qoraqalpogʻistonda 12 nafar bemor sogʻaydi, ular orasida 2 yoshli qizaloq ham bor

Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaydi. Ularni respublika sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sogʻayganlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning eng yoshi kattasi 67 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 2018-yilda tugʻilgan.
Ayni paytga qadar Qoraqalpogʻistonda shu paytga qadar 50 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, endilikda ular 62 nafarni tashkil etmoqda.
Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 1017 nafarni tashkil etmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

 

O’zA