Nukus shahar hokimligi huzurida tashkil qilingan shirkatning mansabdor shaxslari yerlarni noqonuniy sotganligi aniqlandi

Nukus shahar xokimligi va “Noʻkis botanika bagʻi” bogʻdorchilik-uzumchilik shirkati mansabdor shaxslari tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan shirkat aʼzosi boʻlmagan fuqarolarga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi qalbaki hujjatlar asosida sotilib, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi Matbuot xizmati OʻzA muxbiriga xabar berdi.

“Noʻkis botanika bagʻi” bogʻdorchilik-uzumchilik shirkati Nukus shahar hokimining 2015-yil 10-apreldagi majlis bayonnomasiga asosan hokimlik huzurida tashkil qilingan.

Ushbu shirkatga Nukus shahar hokimining 06.05.2015-yildagi qarori bilan “Allaniyaz Kaharman” MFY hududidan bogʻdorchilik-uzumchilik mahsulotlarini yetishtirish uchun jami 3,5 gektar yer maydoni ajratilgan. Ammo mansabdor shaxslar oʻz yerlarni fuqarolarga noqonuniy sotgan.

Mazkur holat yuzasidan 20.02.2020-yilda Nukus shahar prokuraturasi tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

 

Е.Qanoatov, OʻzA