Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida taniqli yozuvchi, ardoqli ustoz Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Gulaysha Yesemuratova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Ibratli hayot” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi raisi K.Karimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi D.Qurbaniyazov, akademik J.Bazarboev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari G.Annaqilicheva, Sh.Usnatdinov, O‘zbekiston Qahramoni G‘.Xodjaniyazov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist K.Reymov taniqli yozuvchining milliy madaniyatimiz bilan adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan katta hissasiga to‘xtalishdi.
Ta’kidlanganidek, yozuvchi uzoq yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qator nashrlarda samarali mehnat qildi. O‘zining betakror ijodi bilan qoraqalpoq adabiyotshunosligi rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning teran mazmunga ega hikoyalari, povest va romanlari oliy o‘quv yurtlarining darsliklari, umumta’lim maktablarining darsliklari va o‘quv-qo‘llanmalaridan o‘rin oldi. Ko‘plab yozuvchi va jurnalist ayollarga ustozlik qildi. Sohaga yetuk mutaxassislar tayyorlashga munosib ulush qo‘shdi.
Tadbir yakunida yozuvchiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining tabrigi o‘quv eshittirildi va “Ardoqli nuroniy” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA