O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, mamlakatimizning doimiy aholisi soni 18 fevral holatiga ko‘ra, 34 002 926 kishini tashkil etmoqda.
Shuningdek, ma’lumotga ko‘ra yurtimiz aholisining 17 093 272 nafari erkaklar, 16 909 657 nafari esa ayollardir.
2020 yil boshidan beri 127 459 kishi tug‘ilgan hamda 29 210 kishi vafot etgan. Mamlakatimizga 23 631 kishi ko‘chib keldi, 24 743 kishi tark etdi.
O‘zA