Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 20-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi.

“Pulkovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oʻzbekiston Prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

MDH mamlakatlari yetakchilari koʻp tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashadi.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Hamdoʻstlikda Oʻzbekiston Respublikasi raislik qiladi.

 

O’zA