Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari amaliy safarini, anʼanaga koʻra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.
Xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.
Ulamolar bilan suhbatda mamlakatimiz tarixi, allomalarimizning boy maʼnaviy merosini yosh avlodga yetkazish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash haqida soʻz yuritildi. Jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bilib-bilmay adashganlarni avf etib, toʻgʻri yoʻlga qaytarish, hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
O’zA