Antarktidadan 315 milliard tonnalik bahaybat muzlik – aysbergning ko‘chib tushishi iqlim o‘zgarishlari yoki global isish hodisalari bilan bog‘liq emas. Ekspertlar RIA Novostiga shunday fikr bildirdi.
Maydoni 1,6 ming kvadrat kilometrlik aysberg Sharqiy Antarktikadagi Eymeri muzligidan ko‘chib tushgan. Bunday holat 1960 yilda ham kuzatilgan.
Antarktika va Janubiy Okeanni saqlash Koalitsiyasi vakili Yelena Jarkovaning aniqlik kiritishicha, Eymeri muzligining o‘zi 40 ming kvadrat kilometrlik maydon bo‘ylab yastangan.
O‘zA