O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 10 sentabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 9395.63 so‘m etib belgilandi. Bu esa dollar kursining o‘tgan hafta belgilangan qiymatiga nisbatan (+11.06) so‘mga oshganini ko‘rsatadi.
Yevro kursi esa 4 sentabrdagi ko‘rsatkichga nisbatan (+63.81) ko‘tarilib, 10360.56 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, Rossiya rublida ham ko‘tarilish (+2.35) kuzatilib, 142.96 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
O‘zA