Dollar kursi oshdi, yevro kursi pastladi

O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 5 sentabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 9384.57 so‘m etib belgilandi. Bu esa dollar kursining o‘tgan hafta belgilangan qiymatiga nisbatan (+10.64) so‘mga oshganini ko‘rsatadi.
Yevro kursi esa 27 avgustdagi ko‘rsatkichga nisbatan (-149.56) pastlab, 10296.75 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, Rossiya rublida ham pastlash (-1.31) kuzatilib, 140.61 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
photo5438310289553599560.jpg

 

O‘zA