Xitoyning sinxay provinsiyasida dunyodagi eng katta akvarium o‘z faoliyatini boshladi. O‘z olamida 500 turga yaqin suv osti mavjudotlarini jamlagan akvarium majmuasi 28 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan.
Akvaruim suv sathidan 2,5 kilometr balandlikda joylashgan bo‘lib, uning umumiy balandligi 2260 metrni tashkil etadi.
“Sinxua” axborot agentligi xabarida qayd etilishicha, Akvaruim olamidan bir vaqtning o‘zida 2 mingga yaqin tashrif buyuruvchi bahramand bo‘lishi mumkin.
Joriy yilning 18 avgust kuni mazkur akvariumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimiga dunyoning turli mamlakatlaridan 8 mingga yaqin mehmon tashrif buyurdi. Ushbu diqqatga sazovor joyga tashrif buyuruvchilar bu yerda 400 turdan ortiq suv osti mavjudotlari va 100 turdan ortiq quruqlikda harakatlanuvchi jonzotlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Majmua mehmonlari suv osti olami bilan yaqindan tanishishlari uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan.
O‘zA