Amudaryo deltasida kichik suv havzalari barpo etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moʻynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 2019-2022-yillarga moʻljallangan ushbu loyiha suv havzalarini samarali boshqarish orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan.
Davlatimiz rahbari hududda chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish orqali ish oʻrinlari, aholi daromadlarini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

 

O’zA