Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq Prezident Pyotr Poroshenkoning Oliy sudlov kengashining ikki nafar aʼzosini tayinlashga oid farmonlarini bekor qildi.
Davlat rahbarining rasmiy saytidagi maʼlumotga koʻra, Zelenskiy mazkur tayinlovlar tanlov asosida boʻlishiga qaror qilgan. Maʼlumot uchun, Oliy sudlov kengashi 2016-yilda tashkil qilingan boʻlib, kengashga sudyalarni tayinlash, vazifasidan ozod qilish va boshqa ishga oʻtkazish vakolati berilgan.
OʻzA