“Mehr” insonparvarlik operatsiyasi – bag‘rikenglik va olijanoblik ifodasi

Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi. Ular 30 may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.
Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
ff951ec6-2acf-77fa-f9fe-64c336b69f11.jpg
ab04d432-0f5b-a4dc-8c02-957320edbbdb.jpg
5465b394-087b-9ecc-2e9b-e0b85f4483a0.jpg
e2550e0d-246c-6462-e281-0b5b343b859a.jpg
0a3e3704-192e-db99-ddc6-113ed2c2192c.jpg
082c8053-604a-d6d4-8d9a-a508200c99f6.jpg
bf23a3b7-293d-5b79-3ed8-16a44564b96d.jpg
c75b7ed2-87e5-7286-8ae8-9544199e6c0c.jpg

 

O’zA