Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Oliy darajadagi tashrif dasturida koʻzda tutilganidek, 29-may kuni Federal Prezident Xorazm viloyatiga joʻnab ketdi.
Frank-Valter Shtaynmayer Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda Xiva shahrining tarixiy va meʼmoriy obidalari bilan tanishadi.
O’zA