MIB direktori Qoraqalpog‘istonda sayyor qabul o‘tkazdi

Oldinroq ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganidek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Bahromovich Qudratxo‘jaev Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida sayyor qabul o‘tkazmoqda.
Xususan, joriy yilning 1 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani 10-sonli musiqa maktabi binosida Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Mo‘ynoq va Shumanay tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Uchrashuvda Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi rahbariyati va tumandagi idoralar mutasaddilari ishtirok etdilar.
photo5265085715815967405.jpg
Sayyor qabul davomida 11ta fuqaroning murojaati eshitildi. Ular asosan tabiiy gaz va elektr energiyasiga ulanish, aliment nafaqasi hamda korxona va idoralardan ish haqini undirib berish masalalari bilan bog‘liq.
Barcha masalalar birma-bir tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar biriktirildi.
Ma’lumot uchun, Byuro direktori B.B.Qudratxo‘jaev 4 aprelgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining yana 3 ta hududida sayyor qabullar o‘tkazadi.
Ushbu sayyor qabullar natijasi yuzasidan batafsil axborot berib boriladi.
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
boshqarmasi

 

O‘zA