Gaz maishiy iste’molchilar hamda tadbirkorlarga birinchi navbatda yetkazib beriladi

Aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018 yil 16 noyabrdan 320 so‘m, 2019 yil 1 iyundan 350 so‘mni tashkil etadi.
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (243-son, 24.03.2019 y.). bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Qonunchilikka muvofiq, gaz ta’minoti maishiy iste’molchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.
Maishiy iste’molchilar – maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi.
Mazkur iste’molchilarga gaz maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflarda yetkazib beriladi.
Ma’lumot uchun, aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018 yil 16 noyabrdan 320 so‘m, 2019 yil 1 iyundan 350 so‘mni tashkil etadi.

 

O‘zA