Kuniga 70 kishi sil kasali qurboni boʻlmoqda

Tanzaniyada bir kunda 70 kishi sil kasalligi tufayli olamdan koʻz yumadi.
Mwananchi gazetasi xabariga koʻra, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti shu haqda maʼlumot bergan.
Tanzaniya sil kasalligi tarqalgan davlatlar qatorida boʻlib, bu yerda yiliga 154 ming kishi shu kasallikka chalinadi.
“Bemorlar davolanishni boshlashdan oldin 10 yoki 20 kishiga kasalni yuqtirib ulguradi. Buning oldini olish uchun biz barcha kasallarni shifoxonaga joylashimiz kerak”, deydi sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taraqqiyot, bolalar va keksalar himoyasi masalalari vaziri Ummi Mvalimu.

 

OʻzA