Dunyo hafta ichida 18-24 mart muhim voqealari qisqa satrlarda

Kongo. Temir yo‘l halokati oqibatida 24 kishi vafot etdi. 
Suriya. Idlib, Latakiya va Halab shaharlarida terror guruhlar tomonidan tinch aholiga qarata qurolli hujumlar amalga oshirildi. O‘nlab aholi halok bo‘ldi.
AQSh. Mamlakat o‘rta-g‘arbiy shtatlari ─ Nebraska, Ayova va Viskonsida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatidagi suv toshqinlarida o‘nga yaqin aholi halok bo‘ldi.
Qozog‘iston. Mamlakat birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev iste’foga chiqdi.
Afrika. Mozambik, Zimbabve va Malavi shaharlariga urilgan “Iday” bo‘roni oqibatida 1 000 ga yaqin aholi halok bo‘ldi. Xususan, tabiiy ofat Mozabikda 645, Zimbabveda 259, Malavida 56 kishi hayotiga zomin bo‘ldi.
Buyuk Britaniya. Mamlakatning 5 million aholisi Brexitni bekor qilish talabi ifodalangan jamoaviy murojaatga imzo chekdi.
Xitoy. Yanchen shahridagi sanoat korxonasida yuz bergan yong‘in oqibatida 64 kishi halok bo‘ldi. 600 kishi jarohatlandi.
Iroq. Tigr daryosida harakatlanayotgan kema qulashi oqibatida 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Tailand. Mamlakatda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi.
Gana. Mamlakat g‘arbiy hududida ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvi oqibatida yuz bergan yo‘l transport hodisasida 50 kishi halok bo‘ldi.

 

Zuhra Mirzaboeva, O‘zA