O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoshlar ishtirok etmoqda. Videoselektor orqali uni Navoiy viloyati shahar va tumanlari jamoatchiligi, mamlakatimizning chet eldagi elchilari kuzatib bormoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zA