Daribay Toreniyazovning xalq an’analariga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi ochildi

Nukus shahridagi I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyida qoraqalpog‘istonlik mohir haykaltarosh Daribay Toreniyazovning xalq an’analariga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi ochildi. 

Изображение 003 (1).jpg

Ko‘rgazma tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad haykaltarosh D. Toreniyazovning muzey fondida saqlanib kelayotgan qoraqalpoq milliy meroslaridagi o‘ziga xos jihatlarini tasvirlaydigan ijod mahsullar bilan tomoshabinlarni yaqindan tanishtirish.
– Yosh avlodlarning ongida san’atga bo‘lgan qiziqishni orttirishda bu kabi amaliy harakatlarning samarasi katta, – deydi muzeyning haykaltaroshlik bo‘limi katta ilmiy xodimi A. Minajova. –Daribay Toreniyazovning asarlarida qoraqalpoq xalqining XX asr ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan o‘ziga xos san’atidagi an’analar tasvirlagan. Ijodkor yog‘och o‘ymakorligida o‘ziga xos usuliga ega. Asarlarida xayoliy obrazlari orqali qat’iy va go‘zal qiyofa yarata olgan.
Haykaltarosh mahoratining asosi – milliy madaniyatni teran anglash va xalq milliy dasturlarini san’at asarlarida namoyish etishdan iborat. Ijodkor yaratgan asarlarda oddiy yog‘och jonlanganday bo‘ladi, milliy o‘ziga xoslikni ko‘rsatib beradi.
Iste’dodli qoraqalpoq haykaltaroshi va rassomi 1928 yilda Kegeyli tumanida tug‘ilgan. Folklor an’analarini o‘zida mujassam etgan “Sirin qushi”, “Katta qalpoqli keksa odam” kabi asarlari muzeyning noyob ekspozitsiyalari qatoridan joy olgan. D. Toreniyazov bugun oramizda yo‘q, lekin u o‘zi yaratgan asarlari bilan qalblarda yashamoqda.
photo5188289991166503605.jpg
photo5188701015241764088.jpg

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA