Kechiktirilgan “Cobalt” uchun penya undirildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Nukus shaharda istiqomat qiluvchi fuqaro J. K murojaat qildi.
U oʻz murojaatida Nukusda joylashgan avtosalondan “Cobalt” avtomashinasini olish uchun shartnoma tuzganligi shartnoma shartlariga koʻra avtomashina kechiktirilayotganidan noroziligini bildirgan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, asosli ekanligi isbotlandi va isteʼmolchiga “Cobalt” avtomashinasi yetkazilib, kechiktirilgan 30 kun uchun 219 582 soʻm (penya) isteʼmolchi foydasiga undirib berildi.

 

OʻzA