Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlari hokimlari tomonidan mahalliy Kengashlar sessiyalarida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan38 hisobot eshitilgan.
Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha shaharlar va tumanlar sudlari raislarining 26 marotaba axboroti eshitilgan.
Saylov okruglarida saylovchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda, fuqarolarni qabul qilish jarayonida koʻtarilgan masalalar va muammolar yechimi yuzasidan tegishli boshqarma, korxona va tashkilot rahbarlariga 2018 yil davomida 192marotaba deputatlik soʻrovlari yuborilgan. Ular asosan yoʻllarni taʼmirlash, elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridagi uzilishlar masalalari bilan bogʻliq.
Shu bilan birgalikda viloyatni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan muammo va kamchiliklar ham mavjud. Jumladan,viloyatda 16 ming 752 kichik tadbirkorlik subyekti roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 96,8 foizi faoliyat koʻrsatmoqda. Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarda jami 63 ming 258 kishi ish bilan taʼminlangan. Biroq, 534 tadbirkorlik subyekti amalda faoliyat koʻrsatmayapti.