“Tengizshevroyl” kompaniyasining pudrat tashkiloti xodimlari Otirau viloyatidagi neft-gaz konidagi vaxta shaharchasida zaharlandi. Xabarlarga koʻra, ular ovqatdan zaharlangan.
Rasmiy “Kazinform” agentligining maʼlum qilishicha, 25 kishi vaxta posyolkasida oqshomgi ovqatni tanovul qilganlaridan keyin oʻzlarini yomon his qila boshlagan. Ular Kulsara shahridagi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizildi. “Birinchi tibbiy yordam koʻrsatilganidan soʻng 21 kishi ambulator sharoitida davolanishga yoʻnaltirildi. Toʻrt kishi shifoxonaga yotqizildi”, deya agentlik viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga tayangan holda xabar beradi.
Mintaqaviy “Ak jayыk” gazetasining xabar qilishicha, zaharlanish 8 fevral kuni qayd qilingan. Tuman shifoxonasi bosh shifokori zaharlanganlarning ahvolini barqaror, deya baholadi. Gazetaning maʼlum qilishicha, ommaviy zaharlanish sabablari oʻrganilmoqda.
Tengiz – neft zaxirasi boʻyicha Qarachagʻanaqdan keyin Qozogʻistonda ikkinchi oʻrinda turadi. Tengiz Kaspiyboʻyi neftgaznasos provinsiyasiga qaraydi. Konni ishtirokchilari Chevron, ExxonMobil Kazakhstan Ventures Inc, Qozogʻistonning “KazMunayGaz” milliy kompaniyasi va LUKArco boʻlgan “Tengizshevroyl” korxonasi birgalikda oʻzlashtiradi.
OʻzA