Toshkentda gulchilik va bogʻdorchilikka bagʻishlagan xalqaro koʻrgazma oʻtkaziladi

Savdo-sanoat palatasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning 24-26 may kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzkoʻrgazmasavdo“ koʻrgazmalar zalida “FLOWERS & GARDEN EXPO UZBEKISTAN” nomli gulchilik va bogʻdorchilik xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Qayd etilishicha, ushbu koʻrgazma Oʻzbekiston bilan xorijiy kompaniyalar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, shuningdek mamlakatimiz gulchilik va bogʻdorchilik bozoriga investitsiyalarni jalb qilish hamda tajriba almashish imkonini beradi.
“FLOWERS & GARDEN EXPO UZBEKISTAN” gullar, oʻsimliklar va urugʻlar, floristika va dizayn, bogʻ bezaklari, bogʻdorchilik uskunalari va texnikasi, bogʻ va peyzaj dizayni, issiqxonalar, barbekyu va aksessuarlar kabi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Koʻrgazmada B2B formatida biznes uchrashuvlar tashkil etiladi.

 

OʻzA