Yurtimizda 2022 yilda aholi roʻyxatga olinadi

Bu haqda Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi farmonida belgilandi.
Unga koʻra:
Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasi, roʻyxatga olishni oʻtkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi shakllantirildi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalar tashkil etiladi.

 

OʻzA