Joriy yilning 4-9 fevral kunlari Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Qozogʻiston Respublikasi oʻtkaziladigan boks boʻyicha xalqaro turnir ishtirokchilarini saralash bellashuvi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mudofaa vazirligi Sport klubi vakillari ishtirok etadigan mazkur turnirning saralash bosqichida 11 ta jamoa 7 ta vazn toifasi boʻyicha oʻzaro bellashadi. Yakunda har bir vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchilar xalqaro turnirda ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Sport klubi aʼzolari 2018 yili Olmaota shahrida oʻtkazilgan mazkur musobaqada birinchi bor ishtirok etishiga qaramay umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.
Xalqaro turnirda Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston, Moʻgʻiliston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan kelgan yuzdan ortiq harbiy sportchilar ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
OʻzA